locale OZ

Musiala: Har bir futbolchi Messidan nimadir o‘rganishi mumkin

«Bavariya» va Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jamol Musiala Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala: Har bir futbolchi Messidan nimadir o‘rganishi mumkin
photo: gettyimages

«Bavariya» va Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jamol Musiala Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirdi.

24 iyun kuni 39 yoshga to‘lgan Argentina milliy jamoasi sardori haqida gapirarkan, Musiala uning hali ham yuqori darajada o‘ynayotganiga e’tibor qaratdi.

«Messi haqida yana nima deyish mumkin? U hozir ham namoyish etayotgan sifatlar shuni ko‘rsatadiki, ehtimol u 60 yoshgacha ham futbol o‘ynay oladi (kuladi).

U superyulduz bo‘lib qolmoqda va hanuz jamoadoshlarini yaxshiroq o‘ynashga undayapti. Argentina esa eng yuqori darajadagi milliy jamoalardan biri.

Menimcha, har bir futbolchi Messidan nimadir o‘rganishi mumkin, hatto ushbu Jahon chempionatida ham», — dedi Musiala Bild nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Jamol Musiala avvalroq Lionel Messini bolaligidan o‘zining kumiri deb bilishini aytgandi. Argentinalik hujumchi esa JCH-2026da tarixiy natijalarni qayd etishda davom etmoqda va mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting