Murtazo Puraliganji – «Paxtakor» futbolchisi
Futbolchi yil oxirigacha jamoada qoladi.
Фото: Пахтакор ПФК
Eronlik tajribali himoyachi Murtazo Puraliganji “Paxtakor” bilan yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
34 yoshli himoyachi faoliyati davomida Eronning "Naft" va "Persepolis", Xitoyning "Tianjin" va "Shenzhen", Qatarning "Sadd" va "Arabi", Belgiya klubi "Eupen" jamoalarida o‘ynagan. U klublar safida 300 ga yaqin o‘yinlarda maydonga tushgan. Eron terma jamoasi safida 54 ta uchrashuvda 3 gol muallifiga aylangan. U 2018 va 2022 yilgi jahon chempionati final bosqichlarida asosiy futbolchi sifatida ishtirok etgan. Jamoamizga esa "Persepolis"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
“Biz Puraliganji o‘zining boy tajribasi va ishonchli o‘yinlari bilan jamoamizga yordam berishiga ishonamiz”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist