Murod To‘ychiboyev Gruziya klubiga yo‘l oldi
33 yoshli futbolchi Indoneziya, Bangladesh, Qirg‘iziston va Maldiv chempionatlarida ham to‘p surgan.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik himoyachi Murod To‘ychiboyev faoliyatini Gruziyada davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi Gruziya 2-divizioni ishtirokchisi "Aragvi" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
To‘ychiboyev ilgari ham bu mamlakatda o‘ynagan va "Torpedo" klubi sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, Indoneziya, Bangladesh, Qirg‘iziston va Maldiv chempionatlarida ham to‘p surgan.