locale OZ

Murillo «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqish doirasida

Joriy mavsumda Murillo APLda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Murillo «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqish doirasida
Фото: Getty Images

«Nottingem Forest» markaziy himoyachisi Murillo faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Londonning «Chelsi» klubi, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilmoqda.

Shu bilan birga, «Nottingem Forest» qishki transferlar oynasida Murillo bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Klub futbolchini tarkibda saqlab qolish niyatida.

Murillo va «Nottingem Forest» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030-yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Braziliyalik himoyachining transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Murillo APLda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting