Murat Yakin: «Bir qaror butun o‘yinni o‘zgartirdi»
Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin Jahon chempionati–2026 chorak finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsdagi (1:1, qo‘shimcha vaqtda 0:2) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning aytishicha, Bril Emboloning maydondan chetlatilishi uchrashuv taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
«O‘yin davomida biz raqibdan kuchliroq ko‘rindik. Jamoam va murabbiylar shtabi bilan chin dildan faxrlanaman. Futbolchilar hatto bir kishi kam bo‘lib qolgandan keyin ham oxirigacha kurashishdi.
Qizil kartochkadan oldin aynan biz tashabbusni qo‘lga olgan edik va hujumni kuchaytirish uchun almashtirish qilishga tayyorlanayotgan edik. Bu qo‘idani kim o‘ylab topganini bilmayman, ammo unga bo‘ysunishga majburmiz.
Agar Embolo o‘sha vaziyat uchun sariq kartochka olgan bo‘lsa, unga nisbatan avvalroq sodir etilgan shunga o‘xshash qoida buzarliklar ham xuddi shunday jazolanishi kerak edi. Oqibatda esa aynan biz jazolandik. Hali ham hakamning bitta qarori jamoani shunchalik zaiflashtirganini tushunib yetolmayapman.
Yigitlar qanday kurashganini ko‘rsangiz, bu jamoada qanchalik kuchli ruh va ishtiyoq borligini anglaysiz. Men uchun har bir futbolchim haqiqiy qahramon», — dedi Yakin Blick nashriga bergan intervyusida.