locale OZ

Muños: «Enfild»da o‘ynash – orzu, ammo hozir barcha e’tiborim Jahon chempionatida»

Ispaniyalik futbolchi mersisaydliklar safiga kelib qo‘shildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muños: «Enfild»da o‘ynash – orzu, ammo hozir barcha e’tiborim Jahon chempionatida»
ФОТО: Getty images

Ispaniyalik hujumchi Viktor Muños “Liverpul”ga o‘tish qarori haqida fikr bildirdi.

«Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Ammo bunday imkoniyat paydo bo‘lsa, uni qo‘ldan chiqarib bo‘lmaydi. “Enfild”da o‘ynash — o‘zgacha his. Menda ham, oilamda ham hech qanday ikkilanmaslik bo‘lmadi. Bu faoliyatimdagi yangi bob, va u haqiqatan ham o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Buni intiqlik bilan kutyapman. Ammo rostini aytsam, hozir butun diqqat-e’tiborim Jahon chempionatiga tayyorgarlik va tezroq tiklanishga qaratilgan», — dedi futbolchi.

2025/26 yilgi mavsumda ispaniyalik vinger barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting