locale OZ

Munozara. \"Chelsi\" muhlisi \"Manchester Yunayted\"ga achinganini aytdi

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Munozara. "Chelsi" muhlisi "Manchester Yunayted"ga achinganini aytdi
PHOTO: Telegram

Kecha yevropa ligasi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Lion"ni qabul qildi va shiddatli kechgan bahsda kambek amalga oshirib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Ushbu o'yin yuzasidn Londonning "Chelsi" jamoasi muhlisi, do'stimiz Saydullo Isroilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Isroilov kechagi o'yinga fikr bildirar ekan, "MYU"ning hozirgi holatiga achinganini aytdi. Quyida uning fikrlarini keltiramiz:

"Umumiy o'yin masalasida gapiradigan bo'lsam, "Manchester Yunayted"-"Lion" o'yinida achinarli holatni ko'rdim. Men aslida "Chelsi" muhlisi bo'lsam ham, tan olaman, o'zining katta bir o'yinchilari, o'yinlari bilan "Manchester Yunayted" buyuk tarixga ega. Undan tashqari Angliyadagi eng zo'r klublardan biri. Kechagi o'yinda prinsipial bo'lmasa ham, keling Angliyadagi ichki raqibi londonning "Chelsi" muhlisi sifatida "Manchester Yunayted"ga ozgina achindim.

Klub o'zini paytida har qanday jamoaga dod-voy soldirib yuborardi. "Yunayted"ni dovrug'li, "voh" degan paytlarida "Real", "Barsa" va boshqalar ham "qizil iblislar" bilan hazillasha olmas edi, teng kelishga qiynalardi. To'g'risini aytaylik, Ser Aleks Fergyuson davrida "MYU" "jinni" kamanda bo'lgan. "Real"ga o'xshab "gallaktikos"ni yig'magan bo'lsa ham, jamoada o'yin zo'r bo'lgan va asosiysi natija ham zo'r bo'lgan.

Endi, "Manchester Yunayted"ni darajasi qanchalik tushib ketganligini aytmoqchiman. Kechagi o'yinda "Lion"ga qarshi o'ynashdi, "Lion"ga qarshi! To'g'ri bu ham o'ziga yarasha tarixga ega klub hisoblanadi. Lekin, "Lion"ga qarshi o'yinda raqib bir kishi kam bo'lib turib, ikkita gol uryapti, ya'ni 2:4 qilyapti. Va bir kishi ko'p o'ynab, fransuzlarga gol urib turib, "Manchester Yunayted" futbolchilari qanchali qattiq xursand bo'layotganini ko'rib ozgina achindim to'g'risi.

Yoki, misol uchun esizda bo'lsa, "Yunayted" ba'zi bir o'yinlarda yutsa Roy King yoki boshqa jamoaning yuragi bo'lgan futbolchilar aytar edi: "Bunday o'yindan uyatish kerak, bu kabi o'ynash bizga yarashmaydi",-deb rosa fikr bildirardi.

Albatta kambekdan "Yunayted" uchun xursandman, lekin bunaqa o'yinga to'g'risi "Manchester Yunayted" o'yinchisi bo'lib turib xursand bo'lish uchun uyalishi kerakda. Shunchaki uzr deb chiqib ketishi kerak. Bilmadim, men shunaqa fikrdaman. "Qizil iblislar"ni g'alaba bilan tabriklayman, bunisiga gap bo'lishi mumkin emas. Lekin, holat achinarli, chunki buyuk jamoa bunday vaziyatga tushib qolganidan achinyapman"

Tez orada do'stimizning fikrlariga munosabat bildiramiz. Sizchi, nima deb o'ylaysiz, haqiqatdan ham Saydulloning gaplarida jon bormi?

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting