locale OZ

Munisbek Davletov hamda Dilnura Xoldorova delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medallarni qo‘shib qo‘ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Munisbek Davletov hamda Dilnura Xoldorova delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medallarni qo‘shib qo‘ydi
PHOTO: Telegram

Peru poytaxti mezbonlik qilayotgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi. 3 may kuni o‘tkazilgan bellashuvlarda 2 nafar vakilimiz o'smirlar o'rtasidagi bahslarda sovrindorlar safidan joy oldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan hamyurtimiz Munisbek Davletov delegatsiyamiz hisobiga ikkita kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. Iste’dodli sportchimiz siltab ko‘tarishda 179 kg toshni bo‘ysundirgan bo‘lsa, ikkikurash yakuniga ko‘ra 319 kg natija qayd etdi.

Ayollar o‘rtasida -71 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan yana bir sportchimiz Dilnura Xoldorova dast ko‘tarishda 93 kg natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting