locale OZ

Muhsin Muhammadiev vafot etdi

Kasallikdan so‘ng 2026 yilning 1-yanvar kuni Dushanbe shahrida hayotdan ko‘z yumdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhsin Muhammadiev vafot etdi
ФОТО: Getty images

1-yanvar kuni “Dinamo” klubining taniqli sobiq futbolchisi Muhsin Muhammadiev 60 yoshida vafot etdi.

25 yil avval Samarqand klubi tarixidagi eng yaxshi natijaning qayd etilishiga hissa qo‘shib, jamoaning eng yaxshi to‘purarlaridan bo‘lgan Muhsin Muslimovich uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 2026 yilning 1-yanvar kuni Dushanbe shahrida hayotdan ko‘z yumdi.

Tojikistonlik hujumchi faoliyatining yorqin davrini Dushanbening “Pamir”, Samarqandning “Dinamo” klubida o‘tkazgan, shuningdek, Rossiyaning “Spartak” va bir qator boshqa klublarida ham faoliyat yuritgan, murabbiy sifatida esa “Buxoro” jamoasini boshqargan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting