Muhammadaziz Ibrohimov «Qizilqum» futbolchisiga aylandi
Futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Фото: Қизилқум ПФК
Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, yakunlangan mavsumda G'uzorning "Sho'rtan" jamoasida to'p surgan mohir yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Muhammadaziz Ibrohimov o'zbek futbolida tarix yarata olgan Olimpiya terma jamoasida ham 10 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan.
Muhammadaziz Ibrohimov haqida:
Tug'ilgan kuni: 29.03.2001 yil
Tug'ilgan joyi: Andijon
Pozitsiyasi: yarim himoyachi
To'p surgan jamoalari: "Olimpik", "Metallurg", "Dinamo", "Sho'rtan"
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist