Muhammadali Orinboev — “Antverpen” futbolchisi
Photo: Getty Images
“Paxtakor” jamoasi futbolchisi Muhammadali Orinboev endilikda “Antverpen” klubi a’zosi bo‘ldi.
20 yoshli futbolchi “Antverpen” bilan 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, “Antverpen” Orinboev transferi uchun 750 ming yevro to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Muhammadali Orinboev joriy mavsum “sherlar” safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Antverpen” Belgiya chempionatining 5 karra g‘olibi sanaladi. Jamoa sardori mashhur himoyachi Toby Alderweireld.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist