Muhammadali Aliqulov «Mash’al» bilan shartnomani uzaytirdi
Futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoada qoladi.
Фото: Машъал ПФК
“Mash’al” professional futbol klubi tajribali himoyachi Muhammadali Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma yana bir yilga uzaytirdi
2026-yilgi mavsumda ham "Mash’al" sharafini himoya qiladigan Aliqulov jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. U himoya chizig‘idagi barqaror o‘yini, katta tajribasi va maydondagi ishonchli harakatlari bilan murabbiylar shtabi hamda muxlislarning ishonchiga sazovor bo‘lgan.
«O‘tgan mavsumlarda Muhammadali "Mash’al" tarkibida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, jamoaning muhim o‘yinlarida salmoqli hissa qo‘shgan. Uning klubda qolishi jamoa himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda», - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist