locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Muhammad Shexov venesuelalik Orlando Moralesga qarshi ringga ko‘tariladi

Futbol 23 apr 2025 da 14:42
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Muhammad Shexov venesuelalik Orlando Moralesga qarshi ringga ko‘tariladi
PHOTO: Telegram

Chempionlik kamari uchun yaqinlashayotgan Shexov Budapeshtda jang o‘tkazadi

26 aprel kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks turniri doirasida ikkinchi eng yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm qo‘lqop ustamiz Muhammad Shexov venesuelalik Orlando Moralesga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, buxorolik 32 yoshli bokschimiz faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 15 g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan. U so‘nggi jangini o‘tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va vakant bo‘lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritgandi. Shexov hozirda WBO reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Uning bo‘lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.

Avvalroq, Vengriyadagi mazkur turnirda Shohjahon Abdullaev va Komronbek Turg‘unboevning ham ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting