locale OZ

Muhammad Saloh uchinchi bor ota bo‘ldi — uning o‘g‘li dunyoga keldi

Chaqaloqqa Layl deb ism qo‘yilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh uchinchi bor ota bo‘ldi — uning o‘g‘li dunyoga keldi
Foto: Getty Images

Misr terma jamoasi va Turkiyaning “Trabzonspor” klubi hujumchisi Muhammad Saloh oilasida quvonchli voqea yuz berdi. Futbolchining singlisi ma’lum qilishicha, Salohning o‘g‘li dunyoga kelgan. Bu uning oilasidagi uchinchi farzand va birinchi o‘g‘ildir.

Chaqaloqqa Layl deb ism qo‘yilgan. Saloh turmush o‘rtog‘i va yangi tug‘ilgan farzandi yonida bo‘lish uchun Turkiyadan Buyuk Britaniyaga uchib ketgan. Futbolchining rafiqasi va ikki qizi ham hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qilmoqda.

Shu sababli 34 yoshli hujumchining Turkiya Superligasi 4-turidan o‘rin olgan “Trabzonspor” — “Genchlerbirligi” uchrashuvida qatnashishi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh “Trabzonspor” bilan taxminan bir oy avval ikki yillik shartnoma imzolagan. Misrlik futbolchining avvalgi klubi “Liverpul” bo‘lib, u ingliz jamoasini 2026-yil yozida tark etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting