locale OZ

Muhammad Saloh Saudiyaliklarning dahshatli taklifini rad etdi - BBC

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh Saudiyaliklarning dahshatli taklifini rad etdi - BBC
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistonidan kelgan dahshatli taklifni rad etdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, misrlik futbolchiga 500 million funt sterlingdan oshiqroq mehnat shartnomasi taklif qilingan.

Biroq, Saloh avvalroq mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirganini e'lon qildi. Uning maoshi turli bonuslarni qo'shib hisoblaganda yiliga 20 million funtni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 45 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting