Muhammad Saloh nega 500 million funtlik taklifni rad etib, “Liverpul”da qolgani ma'lum bo'ldi
Saudiyaliklar investorlar “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salohga jami 500 million funt sterlinglik taklif yubordi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi “Liverpul” bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan. Chunki u Premyer-liga va Chempionlar Ligasida o'ynashda davom etmoqchi.
Buning ustiga u haftasiga 400 ming funt maosh oladigan “Liverpul”ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'lib turibdi.
Qayd etilishicha, Saloh mersisaydliklar bilan tuzilgan yangi shartnoma yakunlanganidan so'ng Saudiya Arabistoni variantini ko'rib chiqadi.
Ma'lumot uchun, Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 46 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “qizillar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.