locale OZ

Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etishga yaqin turibdi — talkSPORT

Misrlik yulduz ayni damda oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etishga yaqin turibdi — talkSPORT
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh katta ehtimol bilan joriy yozgi transferlar oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda talkSPORT jurnalisti Pol Smit xabar bermoqda.

Smitning ta’kidlashicha, misrlik yulduz ayni damda o‘ziga bo‘lgan ishonch borasida muammolarga duch kelmoqda.

«Salohda o‘ziga ishonish bilan bog‘liq qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Futbolchida bunday holat yuz berganda, unga nisbatan barcha negativni yog‘dirish to‘g‘ri emas. U har doim shunday o‘yinchi bo‘lib kelganki, hatto eng omadsiz uchrashuvlarda ham kutilmaganda ajoyib gol urishga qodir. Bu uning qonida bor. O‘ylashimcha, har qanday sport turida ma’lum bir bosqich yakuniga yetayotganda, buni anglatuvchi belgilar paydo bo‘ladi. Biz hozir aynan shunday vaziyatga guvoh bo‘lyapmiz.

Bu hikoyaning yakuni ekanligini aniq ayta olaman. Uning yoshidagi futbolchi uchun, ayniqsa, olti-yetti yil davomida klub uchun qilgan ishlarini inobatga olsa, bu normal holat. Saloh shunchaki hayratlanarli darajada o‘yin ko‘rsatdi. Agar uning «Liverpul»dagi sarguzashtlari yakunlanayotgan bo‘lsa, u hali shu yerda ekanligidan zavq olishimiz kerak», — deya Smitning so‘zlarini keltirmoqda talkSPORT.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting