locale OZ

Muhammad Saloh «Liverpul» qaydnomasidan chiqarib yuborildi

Mazkur qaror bosh murabbiy tomonidan qabul qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh «Liverpul» qaydnomasidan chiqarib yuborildi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida «Inter»ga qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasidan chiqarib yuborildi. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, mazkur qaror klub direktorlar kengashi va bosh murabbiy Arne Slot tomonidan qabul qilingan.

Avvalroq Saloh o‘zining jamoadagi roli borasida noroziligini bildirgan, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining 15-turida «Lids Yunayted»ga qarshi 3:3 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Slotni tanqid qilgan edi.

Joriy mavsumda misrlik hujumchi «Liverpul» tarkibida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting