locale OZ

Muhammad Saloh faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin

Agar 34 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida qolishga qaror qilsa, uning asosiy tanlovi aynan London klubi bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Misr terma jamoasi sardori Muhammad Saloh faoliyatini kutilmaganda “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar 34 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida qolishga qaror qilsa, uning asosiy tanlovi aynan London klubi bo‘ladi. Qayd etilishicha, Salohga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiyaning bir qator klublaridan ham takliflar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 2014–2016-yillar oralig‘ida ham “Chelsi” safida to‘p surgan. Biroq u o‘sha davrda asosiy tarkibdan joy ola olmagan va keyinchalik ijara asosida “Fiorentina” hamda “Roma”da o‘ynagan. Aynan Italiyadagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng u “Liverpul”ga ko‘chib o‘tib, klub afsonalaridan biriga aylandi.

Hozircha “Chelsi” tomonidan Saloh transferi bo‘yicha rasmiy taklif yoki muzokaralar tasdiqlangani yo‘q. Shu sababli bu xabar hozircha transfer mish-mishi sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting