Muhammad Saloh \"Beshiktosh\"ga o‘tish uchun maosh talabini kamaytirdi
Misr terma jamoasi sardori Muhammad Saloh Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga transfer bo‘lish yo‘lida maosh borasida murosaga kelishga tayyor.
Transfer bo‘yicha tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Saloh dastlab yiliga 15 million yevro maosh talab qilgan. Biroq muzokaralar davomida u transfer amalga oshishi uchun moliyaviy talablarini pasaytirishga rozi bo‘lgan. Hozirda futbolchining vakili Istanbulda bo‘lib, tomonlar kelishuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Avvalroq Salohning kelajagi Saudiya Arabistoni klublari bilan bog‘langan edi. Ammo so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tajribali hujumchi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Transfer bo‘yicha yakuniy qaror yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.