locale OZ

Muhammad Salah “Trabzonspor” bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

34 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida xususiy samolyotda Istanbulga, so‘ng transferni yakunlash uchun Trabzon shahriga yo‘l olishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Salah “Trabzonspor” bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda
Foto: Getty Images

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salah faoliyatini Turkiyaning “Trabzonspor” klubida davom ettirishi mumkin.

Turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining xabariga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. 34 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida xususiy samolyotda Istanbulga, so‘ng transferni yakunlash uchun Trabzon shahriga yo‘l olishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiya OAV Salahga yiliga 17 million yevro miqdorida maosh, bonuslar va futbolka savdosidan ulush taklif qilingani haqida xabar bergan edi. Misrlik futbolchi 2025/26-yilgi mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etgach, erkin agent maqomida qolmoqda.

Biroq hozircha transfer rasman tasdiqlanmagan. “Trabzonspor” prezidenti Ertug‘rul Do‘g‘an avvalroq Salah bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etib, yangilik bo‘lsa klubning o‘zi e’lon qilishini ta’kidlagan edi.

Shu sababli Muhammad Salahning “Trabzonspor”ga o‘tishi hozircha transfer xabari sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting