Muhammad Qudus jarohati sabab JCh-2026'ni oʻtkazib yuboradi
Gana milliy terma jamoasi shtabi «Tottenhem» yarimhimoyachisi Muhammad Quddus bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini rasman tasdiqladi. Iqtidorli futbolchi 2026 yilning birinchi yarmi davomida o‘zini bezovta qilib kelgan jarohatidan so‘ng hamon davolanish jarayonini o‘tamoqda. Aprel oyiga kelib Quddus sog‘lig‘idagi muammolarni bartaraf etgandek ko‘ringan edi, biroq ko‘p o‘tmay jarohat yana qaytalandi.
Yarimhimoyachi o‘zining so‘nggi rasmiy uchrashuvini shu yilning 4 yanvar kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida «Sanderlend»ga qarshi (1:1) o‘tkazgan edi. Ushbu jiddiy yo‘qotish Gana terma jamoasining hujumkor salohiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi shubhasiz.
Ma’lumot uchun, Gana milliy terma jamoasi bo‘lajak Jahon chempionatida Angliya, Xorvatiya va Panama terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Ganaliklar turnirdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Panama termasiga qarshi o‘tkazishadi.