locale OZ

Muhammad Isayev: «Saralashda qaysi jamoalarga qarshi o‘ynashimizdan qat’iy nazar, guruh bosqichiga chiqish asosiy vazifamiz hisoblanadi»

«Guliston» futbol klubi ertaga, 22-mart kuni O‘zbekiston kubogi saralash 1-bosqich doirasida «Sonyc X» bilan kuch sinashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Isayev: «Saralashda qaysi jamoalarga qarshi o‘ynashimizdan qat’iy nazar, guruh bosqichiga chiqish asosiy vazifamiz hisoblanadi»
photo: Guliston FK

«Guliston» futbol klubi ertaga, 22-mart kuni O‘zbekiston kubogi saralash 1-bosqich doirasida «Sonyc X» bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin oldidan jamoamiz yetakchi futbolchilaridan biri Muhammad Isayev fikrlariga qiziqdik.

«Mavsumga bosqichma bosqich yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Hozir jismoniy holatimiz ancha yaxshilandi. Shu yig‘in davomida ko‘pgina nazorat o‘yinlarida qatnashdik. Bu orqali jamoaviy o‘yinimiz shakllandi. Ertangi ilk rasmiy bahsimizga 100 foiz tayyormiz.

Kubok saralash o‘yinidagi ilk raqibimiz «Sonyc X» jamoasi media bo‘lishiga qaramay, professional o‘yinchilardan tashkil topgan. Ularda tajribali murabbiy bor. Bitta o‘yindan iborat ekanligi sababli ijobiy natija uchun harakat qilamiz. «Guliston» futbol klubi oldiga yuqori vazifa va maqsadlar qo‘yilgan. Saralash bosqichida kimga qarshi o‘ynashimizdan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun kurashamiz. Maqsadimiz bitta – O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga yo‘llanma olish. Turnirda Superliga va Proliga jamoalariga qarshi o‘ynab, Sirdaryo viloyatiga katta futbol havosini qaytarmoqchimiz», — dedi Isayev klub matbuot xizmatiga.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting