Muhammad Hakimovga \"Nyukasl\" qiziqmoqda
Jurnalist Nodirxo'ja Yo'ldoshev boshchiligidagi 90 minut podkastining navbatdagi soni youtube platformasiga joylandi. Davron Fayziyev mehmon sifatida ishtirok etgan ushbu podkastda bir qator ma'lumotlar berib borildi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston U17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Yo'ldoshevning aytishicha U17 terma jamoamizning himoyachisi Muhammad Hakimovga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Ular orasida Avstriyaning “Rapid” Angliyaning “Nyukasl” kabi jamoalar ham bor.
Hakimov osiyo chempionati boshlanishidan atigi ikki oy oldin terma jamoa tarkibiga jalb qilingan. Saudiya Arabistoni davlatida o'tkazilgan yig'inda 2008 va 2009 yillar yonma-yon maydonda yig'in o'tkazishgan va o'shanda Muhammad Hakimov 2009dan 2008larga ko'chirib o'tkazilgan.