locale OZ

Mudrik tez orada maydonga qaytishi mumkin — manba

Ukrainalik vinger doping sabab diskvalifikatsiya qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mudrik tez orada maydonga qaytishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi ukrainalik vingeri Mixail Mudrik yaqin orada diskvalifikatsiyadan so‘ng maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda The Chelsea Forum fan‑akkaunti xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi yana «ko‘klar» jamoasi tarkibiga kiritilishi mumkin. Klubda uning formasini tiklash bo‘yicha yo‘llar muhokama qilinmoqda: variantlardan biri — Mudrikni Fransiyaning «Strasburg» klubiga ijaraga berish, bu yerda u o‘yin amaliyotini oshirib, ishonchni qaytarishi mumkin. Ijaraning yakunida «Chelsi» rahbariyati uning kelajagi bo‘yicha — jamoada qoldirish yoki transferga chiqarish haqidagi yakuniy qarorni qabul qiladi.

O‘tgan mavsumda Mudrik klub darajasida 15 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Oldinroq futbolchining tanasida doping moddasi aniqlangani sababli u noaniq muddatga futboldan chetlatilgan edi.

Qayd etish joiz, ushbu fan‑akkaunt klubning eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. Unga 200 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan, jumladan nufuzli jurnalistlar ham bor. Aynan shu akkaunt manbalari Enzo Mareskaning bosh murabbiylik lavozimidan ketishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting