locale OZ

Mudrik “Chelsi”ni tark etishi mumkin

Ayni paytda 25 yoshli ukrainalik futbolchini ijaraga berish varianti muhokama qilinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mudrik “Chelsi”ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

“Chelsi” vingeri Mixaylo Mudrik yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda 25 yoshli ukrainalik futbolchini ijaraga berish varianti muhokama qilinmoqda. Mudrikning o‘zi Angliya Premyer-ligasida qolib, faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni istamoqda.

Futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida “Lids” tilga olinmoqda. Klub avvalroq Mudrikka qiziqish bildirgan. Shuningdek, uning xizmatlariga “Tottenhem” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Mudrik 2023-yilda “Chelsi” safiga qo‘shilgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting