locale OZ

Muammoga qalloblar sababchi: Oʻzbekiston – Qatar oʻyini uchun chiptalar faqat oflayn sotiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

10 iyun kuni Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida Qatarga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin uchun chiptalar faqat oflayn tarzda sotiladi. Bu qaror Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilindi.

Onlayn savdo bekor qilinganiga sabab — ilgari oʻtkazilgan oʻyinlarda yuz bergan qalloblik holatlaridir. Ayrim shaxslar soxta chiptalar tarqatgan va koʻplab fuqarolar stadionga kira olmagan.

Chiptalarni faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlari kassalari orqali sotib olish mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish arafasida turibdi. Bunga erishish uchun terma jamoa qolgan ikki oʻyindan birida gʻalaba qozonishi yoki durang qayd etishi kifoya.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting