Moyze Kin yangi klub bilan shartnoma bo‘yicha kelishib oldi
Agar kelishuv amalga oshsa, italiyalik hujumchi “Komo”ning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
“Fiorentina” hujumchisi Moyze Kin faoliyatini boshqa Italiya klubida davom ettirishi mumkin. 26 yoshli futbolchi “Komo” bilan uzoq muddatli shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berildi.
Tomonlar 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi “Komo” futbolchining transferi bo‘yicha “Fiorentina”ga rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda. Klub Kin uchun 40 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumda Kin A Seriyada 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning gollaridan ikkitasi penalti orqali kiritilgan.
Agar kelishuv amalga oshsa, italiyalik hujumchi “Komo”ning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.