locale OZ

Moyes murabbiylik faoliyatidagi 500-g‘alabasiga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Moyes murabbiylik faoliyatidagi 500-g‘alabasiga erishdi
Фото: Getty Images

"Everton" bosh murabbiyi David Moyes murabbiylik faoliyatidagi yubiley g‘alabasiga erishdi.

Opta Sports xabariga ko‘ra, "Everton" Angliya Liga kubogi 2-bosqichida "Mansfield Town"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu esa shotlandiyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi 500-g‘alabasiga aylandi.

Qizig‘i shundaki, Moyes murabbiylik faoliyatidagi ilk g‘alabasini aynan "Mansfield Town"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgandi.

Bu 1998 yilda, shotlandiyalik hali ham "Preston"da murabbiylik qilayotganida sodir bo‘lgandi. "Preston"dan so‘ng Moyes "Everton", "Manchester United", "Real Sociedad", "Sunderland" va "West Ham" klublarini boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting