Mourinyu Vinisius haqida: “U eng yaxshilardan biri, eng yaxshilar esa “Real”da bo‘lishi kerak”
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Vinisius Juniorning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining jamoada qolish qaroridan mamnun ekanini aytdi.
“Bu men uchun kutilmagan holat bo‘lmadi. Vaziyatni tushuntirishgach, birinchi savolim: ‘U qolishni xohlayaptimi?’ bo‘ldi. Menga uning qolishni istayotgani aytildi va shundan keyin xotirjam bo‘ldim”, — dedi Mourinyu.
Shuningdek, “Real” ustozi Vinisiusning dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida ekanini ta’kidladi: “U top-10 futbolchi qatoriga kiradimi, buni baholashni istamayman. Lekin Vinisius, albatta, eng yaxshilardan biri. Eng yaxshilar esa “Real”da bo‘lishi kerak”.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.