locale OZ

Mourinyu: «Trubin bu safargi bahsda hujumda ishtirok etmaydi»

«Benfika» bosh murabbiyi «Real»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu: «Trubin bu safargi bahsda hujumda ishtirok etmaydi»
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu UEFA Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘ladigan bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shubhasiz, bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi. Bu pley-offning faqatgina birinchi qismi. «Da Lush»dagi bahsda Trubin hujumda ishtirok etmaydi. Men bunday qarama-qarshiliklarga o‘rganib qolganman, butun umrim davomida shunday o‘yinlarda qatnashganman.

Ko‘pincha odamlar birinchi uchrashuvdayoq u yoki bu sabablarga ko‘ra ma’lum bir natijaga erishish kerak deb o‘ylashadi. Men esa hali yakuniy natija ma’lum emasligini aytgan bo‘lardim.

Biz birinchi o‘yinni sovuqqonlik, ulkan ambitsiyalar va ishonch bilan o‘tkazamiz. Chempionlar Ligasi «qirollari» bilan nima qilganimizni bilamiz... Ular hozir yaralangan. Yaralangan qirol esa juda xavflidir», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining umumiy bosqich so‘nggi turida Trubin uchrashuvning 90+8-daqiqasida standart vaziyatdan so‘ng «Real» darvozasiga gol urgan edi (4:2). Ushbu gol «burgutlar»ga 24-o‘rin bilan pley-off hududiga kirishga yordam berdi. «Real» esa umumiy jadvalda to‘qqizinchi o‘rinni egallab, shuningdek, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting