locale OZ

Mourinyu “Real”ni yana buyuk jamoaga aylantira oladimi?

Yozgi transfer oynasida “Real” tarkibiga oltita yangi futbolchi qo‘shildi.
Mourinyu “Real”ni yana buyuk jamoaga aylantira oladimi?
Foto: Getty Images

“Real Madrid” 2026/27-yilgi mavsum oldidan tarkib va murabbiylar shtabida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Madrid klubi o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunlagach, jamoa boshqaruvini yana Joze Mourinyuga topshirdi. Portugaliyalik mutaxassis Alvaro Arbeloa o‘rnini egallab, “Real”dagi ikkinchi davrini boshladi.

Yozgi transfer oynasida “Real” tarkibiga oltita yangi futbolchi qo‘shildi. Ibraima Konate va Bernardu Silva erkin agent sifatida olib kelindi, Denzel Dyumfris va Mark Kukurelya himoya chizig‘ini kuchaytirdi. Shuningdek, hujumchi Karlos Espi va 19 yoshli Yan Diomande ham Madrid klubiga qo‘shildi. “Real” Diomande uchun “RB Leypsig”ga 125 million yevro to‘lagani qayd etilgan.

Mourinyuning asosiy vazifalaridan biri yangi futbolchilarni jamoaga tezda moslashtirish va o‘tgan mavsumdagi muammolarni bartaraf etish bo‘ladi. 2025/26-yilgi mavsumda “Real”ni avval Xabi Alonso, keyinchalik Alvaro Arbeloa boshqardi, biroq klub mavsumni birorta ham sovrinsiz yakunladi. Bu madridliklar tarixida so‘nggi 16 yil ichida ikkinchi marta kuzatildi.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyu “Real Madrid”ni avval 2010–2013-yillarda boshqargan. Endilikda klub rahbariyati tajribali mutaxassis yordamida jamoani yana La Liga va Chempionlar Ligasi sovrinlari uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan. “Real” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 22-avgust kuni “Espanyol”ga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting