Mourinyu «Real»dan «Sporting» yarimhimoyachisini sotib olishni talab qilmoqda
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga nomzod boʻlib turgan Joze Mourinyu jamoa rahbariyatidan Lissabonning «Sporting» klubi yarim himoyachisi Morten Yulmanni sotib olishni soʻraydi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Manbaning taʼkidlashicha, ushbu futbolchining transferi Mourinyuning «qirollik klubi»ga kelishi uchun qoʻygan asosiy shartlaridan biridir. Lissabon klubi oʻz yarim himoyachisi uchun taxminan 50 million yevro talab qilishi kutilmoqda. 26 yoshli daniyalik futbolchining «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar moʻljallangan.
Yukunlangan mavsumda Yulmanni portugal klubi safida barcha turnirlarda 42 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 3 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qoʻygan. Transfermarkt portali berayotgan maʼlumotga koʻra, futbolchining ayni damdagi transfer bahosi 45 million yevroni tashkil etadi.