Mourinyu “Real”da qaysi taktik sxemadan foydalanishini tanladi
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyu yangi mavsumda jamoaning asosiy taktik sxemasini belgilab oldi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis 4-2-3-1 tizimiga asosiy urg‘u berishni rejalashtirmoqda.
Mazkur sxema Mourinyuga hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilar — Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Yan Diomande va Jud Bellingemni bir vaqtning o‘zida maydonga tushirish imkonini beradi. Murabbiy mavsumoldi uchrashuvlarida ushbu futbolchilarning o‘zaro harakatini bir necha bor sinab ko‘rgan.
Shuningdek, Mourinyu Bernardu Silvaning imkoniyatlaridan turli pozitsiyalarda foydalanishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik yarim himoyachi uchrashuv davomida markaziy yarim himoyachi va “o‘nlik” pozitsiyalari o‘rtasida almashib harakat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” mavsumoldi so‘nggi uchrashuvida “Shalke 04”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar yangi La Liga mavsumidagi ilk rasmiy bahsini 22-avgust kuni safarda “Espanyol”ga qarshi o‘tkazadi