locale OZ

Mourinyu “Real” futbolchilariga qo‘ygan talablarini aytdi

Mourinyu futbolchilardan mashg‘ulot boshlanishidan atigi bir necha daqiqa oldin emas, kamida bir soat avval bazaga yetib kelishni so‘ragan.
Mourinyu “Real” futbolchilariga qo‘ygan talablarini aytdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyu yangi mavsum oldidan jamoa futbolchilariga qo‘ygan asosiy talablarini ma’lum qildi. Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, u futbolchilardan avvalo intizomli bo‘lish, mantiqqa amal qilish va mashg‘ulot jarayoniga professional yondashishni talab qilmoqda.

Mourinyu futbolchilardan mashg‘ulot boshlanishidan atigi bir necha daqiqa oldin emas, kamida bir soat avval bazaga yetib kelishni so‘ragan. Murabbiyning fikricha, zamonaviy futbolda bunday tartib futbolchining tayyorgarligi va tiklanish jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, “Real” futbolchilari ovqatlanish masalasida klub dietologi nazoratida bo‘lishi hamda jarohatlar xavfini kamaytirish uchun har kuni trenajyor zalida shug‘ullanishi kerak. Mourinyu aynan shu talablar orqali jamoada yuqori darajadagi professional muhit yaratmoqchi.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyu 2026-yil iyun oyida “Real Madrid” bosh murabbiyligiga qaytdi va klub bilan 2029-yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. U avval ham 2010–2013-yillarda madridliklarni boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting