Mourinyu: «Meni mashhur qilgan narsa ahmoqona gaplarim emas, balki yutgan sovrinlarimdir»
Portugaliyalik mutaxassis jurnalistlar bergan savolga javob berdi.
FOTO: Getty Images
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu uning ommaviy bayonotlari strategiyaning bir qismi yoki psixologik hiyla ekani haqidagi savolga javob berdi.
«Kechirasiz, lekin menimcha, meni mashhur qilgan narsa vaqti-vaqti bilan aytib yuboradigan ahmoqona gaplarim emas, balki yutgan sovrinlarimdir», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Ayni paytda «Benfika» Portugaliya chempionati turnir jadvalida 14 turdan so‘ng 32 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Portu»dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu avvalroq Madridning «Real», Londonning «Chelsi», «Inter», «Tottenhem», «Roma», «Portu» hamda Turkiyaning «Fenerbahche» klublarida faoliyat olib borgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist