locale OZ

Mourinyu: “Men ‘Barselona’da tarjimon bo‘lmaganman”

Portugaliyalik mutaxassis 1996–2000-yillar oralig‘ida Kataloniya klubi murabbiylar shtabida ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu: “Men ‘Barselona’da tarjimon bo‘lmaganman”
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatining “Barselona”dagi davrini eslab, o‘sha paytda Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lgan degan qarashlarga munosabat bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis 1996–2000-yillar oralig‘ida Kataloniya klubi murabbiylar shtabida ishlagan.

Mourinyuning aytishicha, u ingliz tilini yaxshi bilgani sabab ko‘pchilik uni Robsonning tarjimoni deb hisoblagan. Biroq murabbiy bu fikrga qo‘shilmaydi va uning vazifasi bundan ancha keng bo‘lganini ta’kidlagan.

“‘Barselona’da ingliz tilida erkin gapira oladigan yagona odam bo‘lganim, men tarjimon bo‘lib ishlaganman degani emas. Men Bobbi Robsonning tarjimoni emas, ko‘proq uning yordamchisi edim”, deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi manba.

Portugaliyalik mutaxassis “Barselona”dagi faoliyatidan so‘ng 2000-yilda mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlagan va “Benfika”ni boshqargan. Keyinchalik Mourinyu Yevropa futbolining eng taniqli murabbiylaridan biriga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting