locale OZ

Mourinyu «Manchester Yunayted» futbolchisini Karvaxalga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda

Portugaliyalik mutaxassis tez orada «Real» bosh murabbiyiga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu «Manchester Yunayted» futbolchisini Karvaxalga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda
FOTO: Getty Images

«Real Madrid»ning boʻlajak bosh murabbiyi Joze Mourinyu ogʻir jarohat olgan Dani Karvaxal oʻrniga munosib nomzod topdi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu pozitsiyaga «Manchester Yunayted»ning oʻng qanot himoyachisini olib kelishni rejalashtirmoqda..

Joze Mourinyu mankunianliklar futbolchisining jismoniy holati va taktik intizomini yuqori baholab, uni Madrid klubi mudofaasiga mukammal mos keladi deb hisoblamoqda. Klub rahbariyati jarohatlar inqirozini hal qilish uchun qishdayoq transferni amalga oshirishga tayyor.

Hozirda transfer boʻyicha dastlabki aloqalar oʻrnatilmoqda. «Manchester Yunayted» futbolchini sotishga rozilik bersa, «Real Madrid» yaqin haftalarda rasmiy moliyaviy taklif bilan chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting