Mourinyu agar «Chelsi»dan taklif tushsa, jamoani boshqarishga tayyor
Avvalroq londonliklar Mareskani isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo, agar Londonning «Chelsi» klubi unga tegishli taklif bilan murojaat qilsa, jamoani boshqarishga tayyorligini bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis «Chelsi»ni o‘z haqiqiy muhabbati deb biladi va yana «ko‘klar»ning bosh murabbiyi bo‘lishni xohlaydi. Bu haqda Indykaila News nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Biroq manbaga ko‘ra, «Chelsi» Mourinyoni ortga qaytarmasligi mumkin — London klubi zamonaviy murabbiyni izlamoqda.
Mourinyo «Chelsi»ni 2004—2007 va 2013—2015 yillarda boshqargan.
Joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 19 o‘yindan so‘ng «Chelsi» 30 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist