locale OZ

Mourinyu 12 yildan beri Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gʻalaba qozona olmayapti

Bu musobaqa tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu 12 yildan beri Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gʻalaba qozona olmayapti
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida ketma-ket 10 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Stats Foot nashrining xabariga ko‘ra, uning ushbu bosqichdagi so‘nggi g‘alabasi bundan 10 yildan avvalroq — 2014 yilda «Chelsi» boshqaruvida turganida qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich musobaqa tarixida murabbiylar uchun pley-off bosqichidagi eng uzoq davom etgan g‘alabasiz seriya hisoblanadi.

Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi nimchorak final javob uchrashuvida «Benfika» o‘z maydonida «Real»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib oʻtamiz, Mourinyo 2025 yildan buyon «Benfika»ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.

Maʼlumot uchun, turnirning joriy mavsumi hal qiluvchi bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting