Mourinyoning “Real” mashg‘ulotlariga hammadan oldin kelishiga sabab ma’lum bo‘ldi
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning jamoa mashg‘ulotlariga doimo futbolchilardan oldin kelishiga sabab ma’lum bo‘ldi. Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis bu orqali mashg‘ulot jarayonini boshidan nazorat qilish va futbolchilarga tushadigan yuklamani to‘g‘ri taqsimlashni maqsad qilgan.
Mourinyu nafaqat futbolchilaridan, balki o‘zidan ham yuqori intizom talab qiladi. Murabbiyning qoidalaridan biri — mashg‘ulot bazasiga barcha futbolchilardan avval yetib kelish. Bu unga mashg‘ulot boshlanishidan oldin barcha jarayonlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Shuningdek, Mourinyu futbolchilarning mashg‘ulotga qanday munosabatda bo‘lishini ham diqqat bilan kuzatadi. U kimning ertaroq kelishi, kimning kechikishi, mashg‘ulotga kim jiddiy yondashishi va qaysi futbolchi yetarlicha diqqatli emasligiga alohida e’tibor qaratadi.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyu 2026-yil iyun oyida “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu lavozimda Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi.