Mourinyo Yamalning «Real»ga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi
Portugaliyalik futbolchi Laminni o‘z jamoasida ko‘rishni istamasligini aytdi.
ФОТО: Getty images
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalning jamoaga o‘tishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
— Lamin Yamalni «Real»da ko‘rishni xohlar edingizmi?
— Yo‘q. Shubhasiz, u ajoyib futbolchi, rivojlanish uchun ulkan salohiyatga ega yosh o‘yinchi. Uning yoshida Yevropa va jahon chempioni bo‘lish — favqulodda holat. Ammo bizda yuqori darajadagi tarkib bor va men hech kim uchun jamoada joy bo‘shatmagan bo‘lardim. Hozir ular — mening futbolchilarim. Mening futbolchilarim esa eng yaxshilar, — dedi Mourinyoning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 18 avgust kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist