locale OZ

Mourinyo transferlar haqida: “Hech kimning ketishini xohlamayman”

Portugaliyalik mutaxassis hozirgi tarkibidan mamnun ekanini ta’kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo transferlar haqida: “Hech kimning ketishini xohlamayman”
Foto: Getty Images

“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning transfer siyosati va yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlari haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis hozirgi tarkibidan mamnun ekanini ta’kidladi.

“Men uchun tarkib yopiq. Ammo transfer oynasi hali ham ochiq. Agar futbolchilardan biri ketishni istasa, bilmadim. Menda bor futbolchilardan juda mamnunman. Hech kimning ketishini xohlamayman”, — dedi Mourinyo.

Murabbiy shu tariqa “Real Madrid” tarkibidagi futbolchilardan hech birini sotishni istamasligini bildirdi. Biroq Ispaniyada yozgi transfer oynasi 1-sentyabrgacha davom etadi va bu vaqt ichida klubda o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” yangi mavsumni “Espanyol” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan. Madrid klubi La Liganing navbatdagi turida “Real Sosyedad”ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting