Mourinyo Rodrigoning iqtidoriga yuqori baho berdi
Rodrigo joriy yil boshida og‘ir tizza jarohatini olgani sabab uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Foto: Getty Images
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik hujumchi Rodrigo Goesning salohiyatidan katta taassurot olgan. Murabbiy futbolchining texnik mahorati va o‘yin tafakkurini yuqori baholamoqda.
Manbalarga ko‘ra, Mourinyo Rodrigoni jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘radi va u to‘liq sog‘aygach, tarkibda muhim rol o‘ynashiga ishonmoqda. Portugaliyalik mutaxassis futbolchining imkoniyatlari hali to‘liq ochilmagan deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigo joriy yil boshida og‘ir tizza jarohatini olgani sabab uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Shunga qaramay, "Real" murabbiylar shtabi uning tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda va kelajakda jamoaning asosiy hujumchilaridan biri bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist