locale OZ

Mourinyo “Real”ga qaytdi: bu qaror o‘zini oqlayaptimi?

Portugaliyalik mutaxassis 1-iyul kuni rasman Madrid klubini qabul qilib oldi.
Mourinyo “Real”ga qaytdi: bu qaror o‘zini oqlayaptimi?
Foto: Getty Images

Joze Mourinyoning “Real Madrid” bosh murabbiyligiga qaytishi yozning eng katta voqealaridan biriga aylandi. Madrid klubi portugaliyalik mutaxassis yordamida yana yuqori natijalar va sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan edi. Biroq mavsumning dastlabki qismi “Real” uchun kutilganidek kechmayapti.

Mourinyo 1-iyul kuni rasman Madrid klubini qabul qilib oldi. Uning kelishidan so‘ng “Real” transfer bozorida ham faol ishladi. “Chelsi”dan Mark Kukurelya olib kelindi, Yan Diomande transferi uchun esa “Leypsig”ga 125 million yevro to‘landi. Umuman olganda, klub yozgi transferlar uchun qariyb 225 million yevro sarfladi.

Katta xarajatlarga qaramay, jamoa La Ligada hozircha barqaror natija ko‘rsata olmayapti. “Betis”ga qarshi kutilmagan mag‘lubiyat ortidan “Real” Madrid derbisida “Atletiko”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada madridliklar turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onaga tushib, peshqadam “Barselona”dan olti ochkoga ortda qolmoqda.

So‘nggi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Mourinyo hakamlik qarorlariga e’tiroz bildirdi. Biroq jamoaning muammolari faqat hakamlik bilan cheklanmayapti. “Real” La Ligada jismoniy faollik bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlardan yiroq, yarim himoyada esa Toni Kroos va Luka Modrichning ketishidan keyin yuzaga kelgan bo‘shliq hanuz sezilib turibdi.

Mourinyoning qaytishi “Real”ga yana qat’iy intizom va yuqori talablarni olib keldi. Endi portugaliyalik mutaxassis oldidagi asosiy vazifa — jamoaning o‘yinini imkon qadar tezroq barqarorlashtirish va natijalarni yaxshilash. Uning “Santyago Bernabeu”dagi ikkinchi davri qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi esa mavsumning keyingi qismida yanada aniqroq ko‘rinadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting