locale OZ

Mourinyo “Real”ga Bastonini olib kelmoqchi bo‘lgan

Italiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlaridan biri bo‘lgan.
Mourinyo “Real”ga Bastonini olib kelmoqchi bo‘lgan
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transfer oynasida “Inter” markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini jamoaga olib kelishni istagan. Italiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlaridan biri bo‘lgan. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Inter” 27 yoshli himoyachisini 70 million yevrodan kamiga sotishni istamagan. Bastonining o‘zi ham Milan klubini tark etishga shoshilmagan. Shu sabab transferni amalga oshirish “Real” uchun murakkablashgan.

Biroq bitim amalga oshmay qolishining yana bir muhim sababi Ibraima Konatening “Real”ga kelishi bo‘lgan. Fransiyalik himoyachi “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlangach, madridliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bundan tashqari, Raul Asensioning klubda qolishi “Real”ning yana bir markaziy himoyachi xarid qilish rejasini to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, Bastoni “Inter” safida ketma-ket to‘qqizinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U 2025/26-yilgi Italiya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Endi himoyachi Chempionlar Ligasida Mourinyo boshchiligidagi “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu”da maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting