Mourinyo «Real»da avvalo ishlash madaniyatini o'zgartirishni rejalashtirmoqda
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo eng avvalo jamoada ishlash madaniyatini o‘zgartirishni maqsad qilgan. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub faqat barcha xodimlar va futbolchilar har kuni bir xil darajadagi fidoyilik va raqobatbardoshlikni namoyon etgan taqdirdagina muvaffaqiyatga erisha oladi, deb hisoblaydi.
Qayd etilishicha, Mourinyo allaqachon "Real" futbolchilarining individual hisobotlarini o‘rganib chiqqan. Shuningdek, u akademiyadan shaxsan o‘zi kuzatib borishni istagan yosh futbolchilarni ham tanlab olgan.
Murabbiy fikricha, yoshlar uchun mavsumoldi yig‘ini shunchaki o‘zini ko‘rsatish imkoniyati emas, balki eng yuqori darajada raqobatlasha olish qobiliyatini namoyon etadigan haqiqiy sinov bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo "Real" bosh murabbiyi lavozimiga joriy yozgi transferlar oynasi davomida tayinlangan edi.