locale OZ

Mourinyo “Real” rahbariyatidan yangi yarim himoyachi talab qildi

Portugaliyalik mutaxassis yangi futbolchini aynan qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo “Real” rahbariyatidan yangi yarim himoyachi talab qildi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibini kreativ yarim himoyachi bilan kuchaytirishni talab qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis yangi futbolchini aynan qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” prezidenti Florentino Peres Mourinyoning talabini inobatga olishga tayyor. Biroq klub rahbari katta mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan transferni faqat nomzod futbolchining darajasiga shaxsan ishonch hosil qilgan taqdirdagina ma’qullamoqchi.

Peres yirik transferni kelasi yozga qoldirish tarafdori ekani aytilmoqda. Mourinyo esa jamoaga ijodkor yarim himoyachi hozirning o‘zidayoq zarur deb hisoblamoqda va yangi futbolchi yanvar oyida olib kelinishini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Real” La Ligada o‘tkazilgan dastlabki 7 ta uchrashuvdan 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar mavsum boshidagi ikki mag‘lubiyat sabab peshqadamlar bilan oradagi farqni oshirib yuborgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting