locale OZ

Mourinyo “Real” mashg‘ulotlarida Luis Enrike usulidan foydalanishni boshladi

Portugaliyalik mutaxassis Valdebebasdagi mashg‘ulot maydoniga ulkan ekran o‘rnatib, futbolchilarga taktik ko‘rsatmalarni bevosita maydonning o‘zida tushuntirmoqda.
Mourinyo “Real” mashg‘ulotlarida Luis Enrike usulidan foydalanishni boshladi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo mashg‘ulotlarda yangi texnologik usuldan foydalanishni boshladi. Portugaliyalik mutaxassis Valdebebasdagi mashg‘ulot maydoniga ulkan ekran o‘rnatib, futbolchilarga taktik ko‘rsatmalarni bevosita maydonning o‘zida tushuntirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ekranda jamoaning taktik sxemalari, turli o‘yin variantlari, epizodlarning animatsiyalari va bo‘lajak raqiblar tahlili namoyish etiladi. Shundan so‘ng futbolchilar ko‘rsatilgan vaziyatlarni maydonda darhol amalda bajarib ko‘rishadi. Bu usul Mourinyoga o‘z talablarini jamoaga tezroq va aniqroq yetkazish imkonini bermoqda.

Mazkur yondashuv Luis Enrike qo‘llaydigan mashg‘ulot usullariga qiyoslanmoqda. Ispaniyalik mutaxassis avval mashg‘ulotlarni balandroq nuqtadan kuzatish uchun maxsus konstruksiyadan foydalangan bo‘lsa, hozir PSJda katta ekranlardan ham foydalanmoqda. Mourinyo esa shu g‘oyani “Real”dagi mashg‘ulotlarga moslashtirgan.

Ma’lumot uchun, “Real” futbolchilari yangi usulni ijobiy qabul qilgan. Klub ichida bunday mashg‘ulotlar taktik ma’lumotlarni o‘zlashtirishni yengillashtirayotgani va jarayonni yanada dinamik qilayotgani qayd etilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting