locale OZ

Mourinyo «Nottingem Forest»ni boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo «Nottingem Forest»ni boshqarishi mumkin
Фото: Getty Images

Portugalialik mutaxassis Joze Mourinyo Turkiyaning "Fenerbahche" klubini tark etib, Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, u "Nottingem Forest"ni boshqarish uchun nomzodlar qatoridan joy oldi. "O‘rmonchilar" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu transfer siyosati tufayli klub rahbariyati bilan ziddiyatga bordi. Agar "Nottingem" murabbiyni almashtirishga qaror qilsa, "Fenerbahche"ni Mourinyoni qo‘yib yuborishga ko‘ndirishlari mumkin.

Portugalialik mutaxassis avvalroq "Chelsi" bilan 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan, "Manchester Yunayted" va "Tottenhem" klublarida ham ustozlik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting